Ko'p so'raladigan savollar

Parolimni berishim kerakmi?

Yo'q. Deyarli barcha o'yinlar faqat ID orqali to'ldiriladi. Supercell o'yinlarida operator emailga kelgan bir martalik kodni so'rashi mumkin — parol emas.

Donat qancha vaqtda tushadi?

To'lov tasdiqlangach odatda 5–15 daqiqa. Biz 24/7 ishlaymiz — kechasi ham, dam olish kunlari ham.

ID ni xato kiritsam nima bo'ladi?

Buyurtma bajarilmasdan oldin support'ga yozing — to'g'irlab beramiz. Bajarilgan donatni boshqa akkauntdan qaytarib bo'lmaydi, shuning uchun ID ni diqqat bilan tekshiring.

Qanday to'lash mumkin?

Humo, Uzcard yoki Visa kartadan ko'rsatilgan kartaga P2P o'tkazma qilasiz va chek skrinshotini yuklaysiz. Payme va Click tez orada qo'shiladi.

Pulni qaytarish mumkinmi?

Agar biz buyurtmani bajara olmasak, pul 100% kartangizga qaytariladi (1–24 soat).

Bu rasmiy do'konmi?

Donatchi — mustaqil reseller. Biz o'yin ishlab chiquvchilari bilan bog'liq emasmiz, lekin donatni rasmiy kanallar orqali yetkazamiz.

Muammo bo'lsa yozing: @donatchi_uz_bot